“Manchester Siti” va “Barselona” o‘zaro futbolchi almashmoqchi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” va Ispaniyaning “Barselona” klublari yuqori darajadagi kelishuvni amalga oshirishlari mumkin. “Fourfourtwo” portali tarqatgan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” “shaharliklar” vingeri Rahim Sterlingni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha ishlarni boshlagan, biroq ispan klubining futbolchini sotib olishga qurbi етмайди.

Shu sabab, ingliz klubi Sterlingni “Barsa” futbolchilaridan biriga almashtirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, “Siti” niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki De Yongga qiziqish bildirmoqda. Agar kataloniyaliklar almashinuvga rozi bo‘lishsa, Manchester klubi rahbariyati Rahim Sterling va yana qo‘shimcha 20 million yevro to‘lashga ham tayyor.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Xavi Ernandes “ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassisning shaxsan o‘zi Sterling bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing