“Manchester Siti” tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi argentinalik yarim himoyachi Enso Fernandesni “Chelsi”dan sotib oldi va bu transfer klub tarixidagi eng qimmat kelishuvga aylandi. Bu haqda klub matbuot xabar berdi.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv qiymati 145 million yevroga baholanmoqda.Bungacha “Manchester Siti” tarixidagi eng qimmat transfer Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Elliot Andersonning “Nottingem Forest”dan kelishi edi. Joriy yozda ingliz futbolchisi uchun 135 million yevro sarflangan.

Ushbu reytingda uchinchi o‘rinni Jek Grilish egallaydi. U 2021 yilning yozida “Aston Villa”dan “Manchester Siti”ga 117,5 million yevroga ko‘chib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Enso Fernandes 2023 yilning yanvar oyida “Chelsi” safiga qo‘shilgan edi. U londonliklar tarkibida barcha musobaqalarda 170 ta uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” Yan Diomande uchun 125 million yevro to‘lab, o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing