Manba: Kilian Mbappe PSGda qoladi

Sport

image

Fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe PSGda qolishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Janluka Di Marsio xabar berdi.

Insayderning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi “Real”ga o‘tishi mumkin bo‘lgan bir paytda fikrini o‘zgartirgan va PSGda qolishga qaror qilgan.

Madridliklar bilan og‘zaki kelishuvga erishganiga qaramay, 23 yoshli futbolchi parijliklar bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.

Klubning futbolchini tarkibda saqlab qolish uchun qilgan keskin harakatlari tufayli Mbappe fikrini o‘zgartirishga va PSGda qolishga tayyor. Yaqin bir necha soat ichida Kilian yakuniy qarorni qabul qilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum parijliklar safida Mbappe barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol va 26 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Joriy yilning 30 iyun kuni uning PSG klubi bilan shartnomasi tugaydi. Shundan so‘ng, Kilian Mbappe erkin agent sifatida istalgan jamoa safiga  qo‘shilishi mumkin. “Transfermarkt” portali fransiyalik iqtidor egasini 160 million yevroga baholamoqda. Bu jahon futbolidagi eng qimmat narx hisoblanadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing