“Man Siti” yarim himoyachisi “Real”ga o‘tmoqchi

Sport

image

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva "Real"da o‘ynashni istamoqda. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli portugaliyalik yarim himoyachi o‘tgan yozda "Atletiko Madrid"ga o‘tishi mumkin edi, ammo yakunda ingliz klubida qolishga qaror qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Silvaning orzusi "Real"ga o‘tish bo‘lgan. 

"Qirollik klubi" Luka Modrich va Toni Kroosning shartnomalari tugashini hisobga olib, yarim himoyachini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.

Silva joriy mavsumda APLning 25 ta o‘yinida maydonga tushib, 7 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali 27 yoshli portugaliyalik futbolchini 75 million yevroga baholamoqda.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing