Malining harbiy to‘ntarish oqibatida prezidentlikdan ketgan sobiq rahbari vafot etdi
Olam
−
17 yanvar 2022
27462020 yil avgust oyida harbiylar tomonidan prezidentlikdan chetlatilgan Mali sobiq Prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta kecha, 16 yanvar kuni 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda siyosatchining oilasiga tayanib, xabar berilgan.
“Keyta yakshanba kuni ertalab Bamakodagi (Mali poytaxti) uyida vafot etdi", degan sobiq davlat rahbarining oila a’zolaridan biri.
Xalqaro munosabatlar bo‘yicha o‘qigan Keyta 1980-yillarning o‘rtalarida Malining siyosiy hayotiga kirgan. 1993 yil kuzida u Mali Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan va 1994 yil fevral oyida u Bosh vazir lavozimiga tayinlangan va 6 yil faoliyat yuritgan. Keyta 2002 va 2007 yillarda prezidentlikka nomzod sifatida saylovda ishtirok etgan, ammo mag‘lub bo‘lgan. Biroq 2013 yilda u prezidentlik saylovida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan va 2018 yilda prezidentlikka qayta saylangan.
2020 yil 18 avgust kuni Malida harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan, mamlakat oliy rahbariyati, jumladan, Respublika Prezidenti hibsga olingan. Harbiylar bosimi ostida Keyta 19 avgust kuni iste’foga chiqishini, shuningdek, hukumat va parlamentni tarqatib yuborishini e’lon qilgan.
1 sentyabr kuni kechqurun u zudlik bilan Bamakodagi shifoxonaga yotqizilgan. Keyta yengil shaklda insult bo‘lgan. U 3 sentyabr kuni shifoxonadan chiqarilgan. Ikki kundan so‘ng Birlashgan Arab Amirliklaridan Bamakoga kelgan shifokorlar guruhi bo‘lgan samolyot bortida sobiq Prezident Abu-Dabiga uchgan. Chet elda davolangan Keyta 2020 yil 22 oktyabrda Maliga qaytgan. O‘shandan beri u Bamakodagi uyida yashab kelgan.
LiveBarchasi