“Malika” sotilgani rostmi?

Jamiyat

image

Bugun, 20 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Shayxontohur tumanidagi “Malika” savdo majmuasi 125 mlrd so‘mga sotilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Holatga aniqlik kiritish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan bog‘langanimizda idora Matbuot xizmati xodimi savdo majmuasi sotilgani haqida ma’lumot yo‘qligini, tarqalgan xabarlarga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ma’lumoti asosida tarqatilayotganini bildirdi.

Shundan so‘ng, vazirlik Matbuot kotibi bilan bog‘lanib, izoh so‘raganimizda, tashkilot saytidagi xabarda xatolik ketganini “Malika” savdo majmuasi sotilmaganini ma’lum qildi.

Vazirlik rasmiy xabariga ko‘ra, joriy 2021 yilda yanvar-noyabr oylarida 4,5 trillion so‘mlik 619 ta davlat aktivi sotilgan. 2021 yil yakuniga qadar yana 300 ga yaqin 1,6 trln. so‘mlik davlat mulki sotilishi rejalashtirilmoqda.

Sotish rejalashtirilgan mulklar orasida "Chorvoq" oromgohi – 300 mlrd so‘m, “Poytaxt biznes” majmuasi – 165 mlrd so‘m, “Malika” savdo majmuasi – 125 mlrd so‘m bor.


Maqola muallifi

Teglar

Malika

Baholaganlar

692

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar