Malika Diananing maktublari kimoshdi savdosida 40 ming dollarga baholandi
Bu qiziq
−
22 dekabr 2020
6229Uelsning marhuma malikasi Diana tomonidan uning oilaviy do‘sti Rojer Brambluga yuborilgan noma’lum xatlar Angliyaning Kornuoll grafligida kimoshdi savdosiga qo‘yilgan. Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, maktublar 1990 yilning avgustidan 1997 yilning mayigacha bo‘lgan davrda yuborilgan.
Mutaxassislar ushbu xatlarni 30 ming funt sterlingga (40 ming dollar) baholagan. Barchasi bo‘lib, auksionga 30 ta xat keltirilgan.
Ta’kidlanishicha, 1997 yilda Diana vafot etgandan so‘ng ular 23 yil davomida shkafda saqlangan.
Maktublarda Diananing eri, Uels shahzodasi Charlz bilan ajrashishi, shuningdek, Uels malikasining o‘z joniga qasd qilish istagi haqida yozuvchi Endryu Mortonning nashrlari haqida gap borgan.
Qayd etilishicha, ushbu xatlar orqali Diananing shaxsiyati haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15