“Malika”, “Beldersoy” va “Poytaxt” sotildi
Jamiyat
−
17 yanvar 2022
13939Toshkentdagi “Poytaxt” biznes majmuasi, “Malika” savdo kompleksi va Toshkent viloyatidagi “Beldersoy oromgohi” dam olish maskani xususiy tadbirkorlarga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq quyidagi davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarining ommaviy savdo jarayonlari g‘oliblari belgilandi:
- “Poytaxt biznes majmuasi” MCHJ mulkiy majmuasi bo‘yicha savdolarda “Quadro IH DMCC” (BAA) kompaniyasi 164,0 mlrd. so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash hamda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun 6,0 mln. AQSH dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritish sharti bilan;
- “Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi bo‘yicha savdolarda “Premium Prime Service” MCHJ 125,0 mlrd. so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash hamda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun 100,0 mlrd. so‘m miqdorida investitsiya kiritish va 250 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan;
- “Beldersoy oromgohi” dam olish maskani (Kanat yo‘li bilan birga) bo‘yicha savdolarda “Ulkan Mulk” MCHJ 107,0 mlrd. so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash sharti bilan savdo g‘olibi deb topilgan.
Shuningdek, daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilish belgilangan.
LiveBarchasi