Malidagi portlashda 9 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
23 aprel 2023
3427Mali markazidagi Sevare shahrida sodir bo‘lgan portlashda kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.
"Portlash mahalladagi 20 ga yaqin uyni vayron qildi. Jami to‘qqiz kishi halok bo‘ldi va 60 nafarga yaqin shaxs yaralandi, ularning barchasi tinch aholi vakillari", deydi portlash sodir bo‘lgan hudud gubernatori matbuot kotibi Yakuba Maiga.
Qayd etilishicha, uch marta portlash yuz bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan suratlarda portlash oqibatida vayron bo‘lgan yoqilg‘i quyish shoxobchasi va bir qancha binolar, shuningdek, jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatilayotgani aks etgan.
Hujum Malining muvaqqat prezidenti apparati rahbari va yana uch kishi pistirmada o‘ldirilganidan ikki kun o‘tib sodir bo‘lgan.
LiveBarchasi