Mali Prezidentiga masjidda namoz o‘qiyotganda pichoq bilan hujum qilishdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 20 iyul kuni Mali Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi, polkovnik Assimi Goitaga mamlakat poytaxti Bamakodagi masjidda suiqasd uyushtirildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, suiqasddan so‘ng telemurojaat bilan so‘zga chiqqan rahbar vaziyat nazoratga olinganini, unga shikast yetmaganini ma’lum qilgan. Shu bilan birga Goita barchani bunday qiyin va murakkab davrda birdamlikka chaqirgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujumda ishtirok etgan ikki kishining birida qurol ham bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, sobiq maxsus kuchlarning vakili sanalmish Goita so‘nggi to‘qqiz oy davomida ikki marta davlat to‘ntarishini amalga oshirgan. To‘ntarishlar natijasida mamlakatning avvalgi vaqtincha Prezidenti Ba Ndao, Bosh vazir Moktar One va muvaqqat hukumat Mudofaa vaziri Sulaymon Dukur 25 may kuni hibsga olingan. 31 may kuni Assimi Goita Mali Konstitutsiyaviy sudning qaroriga binoan "o‘tish davri Prezidenti" etib tayinlangan.
 
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyuliga o‘tar kechasi Gaiti Prezidenti Jovenel Moiz mamlakat poytaxti Port-o-Prenseda joylashgan Pelerin qarorgohida o‘ldirib ketilgan edi. Hujum paytida mamlakatning birinchi xonimi Martin Moiz ham yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing