Malayziyaga otlanayotgan o‘zbekistonliklarga ogohlantirish

Jamiyat

image

Malayziyaga kirish uchun O‘zbekiston fuqarolaridan 30 kungacha viza talab qilinmaydi. Bu haqda O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ma’lum qildi.  

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda Malayziyaga kirish uchun O‘zbekiston fuqarolaridan 30 kungacha viza talab qilinmaydi.

Malayziyaning migratsiya konunchiligiga muvofiq, O‘zbekistondan tashrif buyurayotgan fuqarolar quyidagilarni taqdim etishlari shart:

•  amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan xorijga chiqish pasporti;

•  mazkur davlatga kirgan sanadan boshlab 30 kun ichida qaytish yoki uchinchi davlatga borish aviachiptasi.

Shuningdek, pasport nazoratidan o‘tayotganda fuqarolardan mehmonxona (yotoqxona)ni band qilgani to‘g‘risida hujjat va mamlakatda bo‘lish uchun yetarli mablag‘ mavjudligini tasdiqlash talab qilinishi mumkin.

Elchixonaga ko‘ra, zarur hollarda Malayziya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya departamenti chegara o‘tish joylarida (Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti va boshqalar) chet el fuqarolariga mamlakatga kirishni rad etish huquqiga ega.

“Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasi Malayziyaga sayyohat qilishni rejalashtirayotgan vatandoshlarni maxalliy hokimiyat organlarining yuqoridagi talablarini inobatga olishga chaqiradi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing