Malayziya so‘nggi o‘n yillikdagi eng kuchli suv toshqinidan aziyat chekmoqda

Olam

image

Malayziyada joriy yilning 18 – 20 dekabr kunlari kuzatilgan so‘nggi o‘n yillikdagi eng shiddatli yog‘ingarchilik  mamlakatning  sakkiz viloyatida kuchli suv toshqinini keltirib chiqardi, ba’zi shahar va qishloqlar qisman suv ostida qoldi.

Taxminlarga ko‘ra, suv toshqinlari qurbonlari soni 27 kishiga yetgan, ko‘pchiligi bedarak yo‘qolgan, 70 mingga yaqin odam o‘z uylaridan evakuatsiya qilingan. 

Bugun, 22 dekabr kuni Malayziyaning milliy axborot agentligi BERNAMA'ning ma’lum qilishicha, 20 ta o‘lim holati Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurni o‘rab turgan Selangor hududida qayd etilgan.

Malayziya hukumati qidiruv-qutqaruv ishlarida yordam berish uchun minglab favqulodda xizmat xodimlari va harbiy xizmatchilarni safarbar qildi. Bundan tashqari, ko‘ngillilar ham bu ishda ko‘maklashmoqda.Ular qayiqlar orqali qutqaruv ishlarini olib borib, uylarida qamalib qolgan odamlar uchun oziq-ovqat yetkazib bermoqda.

Shu kunlarda Malayziyada vaziyat yanada yomonlashishi mumkin, chunki Meteorologiya departamenti yaqin kunlarda kuchli yog‘ingarchilik va bo‘ron bo‘lishini bashorat qildi, bu esa toshqinning yanada kengayishiga sabab bo‘ladi. 

Janubi-Sharqiy Osiyo davlati har yili musson mavsumida suv toshqinlariga duchor bo‘ladi, ammo bu yilgi toshqin 2014 yildan beri  sodir bo‘lganlar orasida  eng yomoni bo‘ldi. 2014 yilda 21 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi bedarak yo‘qolgan edi.

Munira Tursunova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing