Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Bugun, 17 may kuni Toshkent xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng, Malayziya Bosh vaziri O‘zbekiston Bosh vaziri hamrohligida tashrif dasturi bo‘yicha navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi. Anvar Ibrohimning O‘zbekistonga safari 19 maygacha davom etadi. 

Ma’lumot uchun, Anvar Ibrohim bungacha Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham bo‘lib, davlatlar yetakchilari bilan muzokara o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Malayziya Anvar Ibrohim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing