Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
17 may
3343Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19 may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrifning birinchi kunida Toshkent shahrida oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sammit kun tartibidan tizimli siyosiy muloqotni rivojlantirish va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, neft-kimyo, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida aniq kooperatsiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalari o‘rin olgan.
Bundan tashqari, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Malayziya Hukumati rahbari Samarqand va Buxoro shaharlariga ham borib, O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy va ma’naviy merosi bilan tanishadi, qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Anvar Ibrohim bungacha Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham bo‘lib, davlatlar yetakchilari bilan muzokara o‘tkazgan.
LiveBarchasi