Maktabni a’lo bahoga bitirgan o‘quvchilarga 27 ming dollardan berildi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, Dubay hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum mamlakatdagi o‘rta ta’limni eng yuqori natijalar bilan yakunlagan sakkiz nafar o‘quvchini 27 ming dollar bilan mukofotladi. Bu haqda “Khaleej Times” xabar berdi.

Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum umumiy o‘rta ta’lim sertifikati bo‘yicha mamlakat miqyosida yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar – Abir, Adam, Hessa, Ali, Abdulloh, Rashid, Sheyxa va Maryamni e’tirof etgan.

“Biz sizlar bilan faxrlanamiz va BAA kelajagini barpo etishda ishtirok etishingizga ishonamiz”, deydi Dubay hokimi.

Uning bildirishicha, mamlakat ta’lim sohasini rivojlantirish va yoshlar uchun imkoniyatlar yaratishni davom ettiradi.

Shuningdek, Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum o‘quvchilarning ota-onalari va ustozlariga ham minnatdorlik bildirgan. Uning qayd etishicha, aynan oilalarning qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘qituvchilarning mehnati yoshlarning muvaffaqiyatida muhim rol o‘ynagan.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, eng yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar turli toifalar bo‘yicha aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAA hukumati bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini tartibga soluvchi qaror qabul qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing