Maktablardagi bitiruv kechasida vals tushish taqiqlangani rostmi?
Jamiyat
−
24 may 2023 14248 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktablarda bitiruv kechasida vals tushish taqiqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.
Tarqalgan xabarlarda bitiruv kechasida valsga tushish taqiqlanganiga u O‘zbekiston mentalitetiga to‘g‘ri kelmasligi sabab qilib ko‘rsatilgan.
“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekiston maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq kuni bilan bog‘liq taqiqlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qiladi”, deyiladi vazirlik munosabatida.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel