Maktablarda o‘quvchilar soni 20 nafargacha qisqaradimi? Vazirlik munosabat bildirdi
Jamiyat
−
08 fevral 2023
11360Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi maktablarda bir sinfdagi o‘quvchilar soni 20 nafargacha qisqartirilishi to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.
Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2022-2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash hisobiga 1,2 million o‘quvchi o‘rni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi topshirilgan.
“Ayni damda bir sinfda o‘quvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilangan bo‘lib, yolg‘on ma’lumotlar tarqatmaslikni so‘rab qolamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, qaror bilan 2022-2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangan. Respublika bo‘yicha 2899 ta maktabda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi