Maktablarda qishki ta’tilni uzaytirish taklifi berildi. Bu foydalimi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining kuz-qish mavsumi davrida o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashidagi qator noqulayliklar, maktablar masofasining uzoq radiusda joylashgani, ichki yo‘llardagi holat va boshqa qator sabablar tufayli maktablarda beriladigan ta’tillar davriga o‘zgartirish kiritish taklifi berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Respublikadagi 10 000 ga yaqin umumta’lim maktabining aksariyati qishloq hududlarida joylashgan. Ularni kuz-qish mavsumida isitish va elektr energiyasi uchun davlat byudjetidan 80-100 mlrd. сўмga yaqin mablag‘ sarflanmoqda.

Ta’kidlanishicha, bunga qator omillar, jumladan, ichki yo‘llarning yomon holatdaligi va shu yo‘llardan o‘quvchilarning piyoda qatnab o‘qiyotganligi, bu mavsumda kasalliklarning keskin oshishi, umumta’lim maktablarining markaziy isitish tizimlariga ulanmaganligi hamda issiqlik va elektr-energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortib ketishi sabab bo‘lmoqda.

Buning oldini olish uchun ta’lim muassasalaridagi o‘quv yilining boshlanish va tugash vaqtini, o‘quv yili davomidagi ta’til kunlarining muddatini o‘zgartirish hisobiga qishki ta’til kunlarini belgilash taklif etilgan. Ya’ni:

•  o‘quv yilining boshlanishini 2 sentyabr kunidan 26 avgust kuniga ko‘chirish;

•  o‘quv yilining tugash kunini 25 may o‘rniga 31 may deb belgilash;

•  o‘quvchilar uchun amaldagi 4-9 noyabr, 28 dekabr - 10 yanvar, 21-27 mart sanalaridagi ta’til kunlarini 25 dekabrdan 2 fevralgacha qishki ta’tilga o‘zgartirish;

•  yozgi ta’til vaqtining ikki haftaga qisqarishi munosabati bilan o‘qituvchilar uchun 11-25 yanvar kunlari davomida ikki haftalik haq to‘lanadigan mehnat ta’tilini berib borish taklifi berilgan.

Buning qanday foydasi bor?

Ta’kidlanishicha, ushbu o‘zgarishlar jiddiy salbiy oqibatlar keltirib chiqarmagan holda quyidagi ijobiy natijalarga olib keladi:

•  kuz-qish mavsumi davridagi isitish va elektr energiyasi sarfi 30 foiz atrofida tejaladi;

•  ushbu maqsadlar uchun xarajatlar sarfi 20-30 milliard so‘mga kamayadi;

•  hozirgi kunda bir vaqtga to‘g‘ri kelayotgan Mustaqillik bayrami, Birinchi Prezidentimizning Xotira kuni hamda Bilimlar kunlarining tarbiyaviy-ma’naviy tas’irchanligini oshishiga xizmat qiladi;

•  o‘quvchilarga, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qulayliklar yaratiladi;

•  boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlaridagi mehnat sarfi 10 foizga yaqin qisqaradi;

•  o‘qituvchilar uchun o‘quv yili o‘rtasida ham mehnat ta’tiliga chiqish va o‘z ustida ishlash uchun qo‘shimcha imkoniyat paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, Prezident Farmonida belgilangan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalari o‘quvchilari, rahbar-xodimlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab qishki ta'til

Baholaganlar

656

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing