Maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanishi aytildi
Jamiyat
−
13 dekabr 2022 37075 1 daqiqa
O‘zbekistondagi maktablarda o‘quvchilar 28 dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova ma’lum qildi.
Maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27 dekabrga to‘g‘ri kelib, 28 dekabr kuni qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi.
Ta’til 14 kalendar kun davom etadi va III chorak 2023 yilning 11 yanvaridan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022 yil 26 dekabridan 2023 yil 9 yanvariga qadar etib belgilandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr