Maktablarda burjuyka pechlardan voz kechiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda barcha maktablar kuz-qish mavsumi boshlanguncha burjuyka pechlardan voz kechadi. Bu haqda bugun, 18 avgust kuni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi

Qayd etilishicha, yig‘ilish tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan va unda hududlarda maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda maktablarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishi masalasi ham ko‘rib chiqildi. Barcha maktablarga oktyabr oyiga qadar mahalliy hokimliklar bilan birgalikda burjuyka pechlaridan voz kechish zarurligi va buning uchun barcha choralar ko‘rilishi talabi qo‘yildi.

Bundan tashqari joylarda harob ahvolda bo‘lgan maktab filiallari faoliyatini tugatib, ularni to‘laqonli maktablarga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing