Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari ishdan olinib, o‘rniga yangisi tayinlandi
Jamiyat
−
07 iyul 2021 10352 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari ishdan olinib, o‘rniga yangisi tayinlandi.
Ma’lum qilinishicha, Shodiyor Mamatqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Nodir Musliddinov esa Maktabgacha ta’lim vazirining yangi o‘rinbosari tayinlangan. Bungacha, u Moliya vazirligida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi 3 nafar vazir o‘rinbosari va qo‘mita raislarining 6 nafar o‘rinbosari ishdan olingandi.
Xususan:
- Kamola Oqilova Madaniyat vazirining o‘rinbosari — Madaniy meros departamenti boshlig‘i lavozimidan;
- Kozim To‘laganov qurilish vazirining o‘rinbosari — Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan;
- Akmal Mirzayev Transport vazirining o‘ribosari lavozimidan ozod etildi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust