Maktabgacha ta’lim xizmatlari uchun elektron to‘lov tizimlari joriy qilinadi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2020
38652022 yil 1 yanvarga qadar maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari joriy qilinadi. Bu haqda AOKAda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan Prezident Farmoni loyihasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Maqsudjon Yo‘ldoshev ma’lum qildi.
“Xalqaro standartlar va talablar asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanishini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi”, dedi Maqsudjon Yo‘ldoshev.
Rasmiyning ta’kidlashicha, bolalarning o‘sishi va rivojlanishi hamda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish jarayonlarini monitoring qilish bo‘yicha axborot tizimi ishga tushiriladi. Unga kiritiladigan ma’lumotlarning shaffofligi ta’minlanadi.
Avvalroq, Pedagog kadrlarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifasi, katta, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimi berish, shuningdek, mazkur malaka toifalariga va lavozimlarga talabgorlarga tegishli malaka toifasi (lavozim) berish bo‘yicha navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmasligi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi