Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi

Jamiyat

image

Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Bu haqda Prezidentning 2 iyul kuni imzolangan “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, vazirlik zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklatilgan. Jumladan:

  • ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;
  • maktabgacha ta’limning o‘quv reja, dastur va o‘quv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy o‘rta ta’lim dasturlari bilan uzviyligini ta’minlash;
  • davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta’minlash.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning oxiridagi ma’muriy islohot davomida Maktabgacha ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklari birlashtirilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil qilingandi. Unga Hilola Umarova rahbar etib tayinlangan, sobiq maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin esa vazirning birinchi o‘rinbosari – agentlik direktori bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Maktabgacha ta'lim agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar