Maktabda o‘zini osgan erkak haqida rasmiy ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avvalroq, tarmoqlarda 31 yoshli erkak maktabda o‘zini osib qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi.

Bugun, 28 dekabr kuni soat taxminan 07:45 da 1992 yilda tug‘ilgan erkak Mirzo Ulug‘bek tumani 248-sonli maktab orqa tomonidagi daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qilgan. 

Aniqlanishicha, marhum ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgan, muqaddam bir necha marotaba o‘z joniga suiqasd qilgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing