Maktabda otishma sodir bo‘ldi

Olam

image

Otishma maktabda o‘quvchilar o‘qiyotgan vaqtda sodir bo‘lgan. 

Yangi Zelandiya shimolidagi Vaikato qishlog‘idagi maktabda payshanba kuni otishma sodir bo‘lgan. Natijada bir kishi halok bo‘lgan, 3 kishi og‘ir yaralangan. Bu haqda mahalliy politsiya vakillari xabar bergan. 

Ma’lum bo‘lishicha, payshanba kuni mahalliy politsiyaga Vaikatodagi qishloq maktabida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan. Politsiya vakillari voqea joyiga yetib borganida 4 nafar yaralangan kishiga duch kelishgan. 

Ulardan biri voqea joyida vafot etgan, 3 nafari yaqin hududdagi kasalxonaga jo‘natilgan. Mahalliy politsiya detektiv-inspektori Grem Piteklining so‘zlariga ko‘ra, hozirda otishma sodir etgan kishi ma’lum emas va  qidiruv olib borilmoqda.

The New Zealand Herald nashrining xabariga ko‘ra, otishma sodir bo‘lgan maktab vaqinchalik yopilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing