Maktabda 43 o‘quvchi atirdan zaharlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston Respublikasida 43 nafar maktab o‘quvchisi atirdan zaharlandi. Bu haqda “Sputnik Kirgizstan” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 29 mart kuni O‘sh viloyatining Qorasuv tumanidagi “Toshtak” qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Qirg‘iziston ta’lim vazirligiga ko‘ra, 6-sinf o‘quvchisi maktabga o‘zi bilan atir olib kelib, uni sinfxonaga sepgan. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘zini yomon his qila boshlagan. Ular zudlik bilan O‘sh viloyat bolalar shifoxonasiga yetkazilgan.

Dastlabki tibbiy xulosaga ko‘ra, ularga noma’lum modda bilan zaharlanish tashxisi qo‘yilgan.

Doktorlar o‘quvchilarning 18 nafari kuzatuv ostida qolishlari kerak degan qarorga kelgan va ular shifoxonaga yotqizilgan. Bolalarning ahvoli qoniqarli deb baholangan.

Keyinchalik 14 nafar o‘quvchi kasalxonadan chiqishiga ruxsat berilgan Qolgan to‘rt nafari hozircha shifokorlar nazoratida ekanligi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Qirg'iziston o'quvchi atir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing