Maktab o‘quvchilarining darsda mobil telefondan foydalanishi taqiqlandi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin maktab o‘quvchilarining darsda mobil telefondan foydalanishini taqiqlovchi qonunni imzoladi. Tegishli hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi. 

Hujjatda ta’lim to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritilib, endi o‘quvchilar dars vaqtida mobil telefondan foydalana olmasligi belgilangan.

Ushbu qoidaga istisnolar sifatida maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarining hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soladigan holatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar kiritilgan.

O‘quvchilarga sinfda intizom va ta’lim tashkilotida xulq-atvor qoidalarini saqlash mas’uliyati ham yuklangan. Aniqlik kiritilishicha, ichki tartib qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat o‘qituvchilar va maktab rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Maktab o'quvchilari mobil' telefon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing