Maktab o‘quvchilariga mobil telefonlardan foydalanish taqiqlandi – Britaniyada
Olam
−
20 fevral
2728Buyuk Britaniya maktablarida telefonlardan foydalanish to‘liq taqiqlandi. Bu haqda "The Times" xabar berdi.
Ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, qirollikda 12 va undan katta yoshdagi bolalarning 97 foizi shaxsiy qo‘l telefoniga ega. Tadqiqotlar natijasida, mobil qurilmalardan foydalanish taqiqlangan maktablarda ta’lim sifati yaxshi ekani aniqlangan.
"Yangi tartibga ko‘ra, tanaffus paytida ham mobil telefonlardan foydalanish cheklanadi", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Shuningdek, smartfonlar maktabga umuman olib kelinmasligi yoki maktabga kiraverishdagi qulflanadigan qutilar, shkaflar yoki seyflarda qoldirilishi mumkin.
Yangi qoidalar, shuningdek, o‘qituvchilarga bolalar ryukzak va sumkalarini tekshirish huquqini beradi, musodara qilingan qurilmalarning yo‘qolishi yoki shikastlanishi uchun ota-onalarning da’volaridan qonuniy himoya qiladi.
Taqiqni buzgan va telefonni maktabga olib kelgan o‘quvchilar jazo sifatida darsdan keyin qoldiriladi va gadjet noma’lum muddatga musodara qilinadi.
LiveBarchasi