Maktab o‘quvchilari Prezident Administratsiyasiga bordi

Jamiyat

image

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva yil yakunida Prezident Administratsiyasida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“An’anaga ko‘ra, yil yakunida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida yurtimizning navqiron va bilimdon o‘g‘il-qizlari bilan uchrashdim", deydi Prezident yordamchisi.

Uning yozishicha, 2023-2024 o‘quv yilida bu yoshlar nufuzli olimpiadalarda ajoyib natijalarga erishgan. Yil davomida ular 128 ta medal, jumladan, 15 ta oltin, 36 ta kumush va 77 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Ularning ko‘pchiligi asosan kimyo, matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha ustunlik qilib, e’tirofga sazovor bo‘lgan.

“Bu O‘zbekiston tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘lib, bundan barchamiz cheksiz faxrlanamiz”, deydi Mirziyoyeva.

Shuningdek, u yoshlarni chin qalbidan tabriklab, bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash uchun ustoz va ota-onalariga minnatdorlik izhor etganini bildirgan.

“Bu muvaffaqiyat g‘alabalarga to‘la katta yo‘lning boshlanishi bo‘lsin. O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida”

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 22 dekabr kuni ham tanlov va fan olimpiadalarida g‘alaba qozongan maktab o‘quvchilari Prezident Administratsiyasiga borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Prezident Administratsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing