Maktab o‘quvchilari qachondan bir xil formaga o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida keltirilgan.

Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etiladi. Ilgari 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etilishi kerak edi.

2022 yil 1 iyungacha hududlar kesimida 2022/2023 o‘quv yilida maktab formalariga ehtiyoj aniqlanadi.

Kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy byudjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan sotib olinishida ko‘maklashiladi.

Shuningdek, 2022 yil 10 avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning  savdo shoxobchalari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, maktab o‘quvchilarining yagona formasi 1-6 sinf o‘quvchilari uchun alohida, 7-11 sinf o‘quvchilari uchun alohida shakl va bichimda tasdiqlangan.

1-6 sinf o‘quvchilari uchun forma komplektiga: 
•    oq ko‘ylak (100 % paxta); 
•    ko‘k, ko‘k katak nimcha (65 % paxta/35% polister);
•    ko‘k shim (o‘g‘il bolalar uchun) (65 % paxta/35% polister);
•    ko‘k katak yubka (qiz bolalar uchun) (65 % paxta/35% polister);
•    ko‘k yengil kurtka kiradi (65 % paxta/35% polister) kiradi.

7-11 sinf o‘quvchilari uchun forma komplektiga:
•    1 oq ko‘ylak (70 % paxta/30% polister); 
•    1 to‘q ko‘k nimcha (45 % paxta/55% polister);
•    1 to‘q ko‘k shim (o‘g‘il bolalar uchun) (45 % paxta/55% polister);
•    1 to‘q ko‘k yubka (qiz bolalar uchun) (45 % paxta/55% polister);
•    1 to‘q ko‘k pidjak (45 % paxta/55% polister) kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

488

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing