Maktab qurilishida 425 mln byudjet pulini o‘zlashtirganlar qo‘lga olindi
Jamiyat
−
19 fevral 2021
5215Samarqand viloyati Urgut tumanida umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilishi ishlarida byudjet mablag‘ini o‘zlashtirgan jamiyat rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Urgut tumanida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalida “M.” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari nazorat o‘lchovidan o‘tkazilgan.
Natijada jamiyat rahbarlari va boshqalar amalda bajarilmagan ishlarni hujjatlarga qo‘shib yozish orqali 425,3 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “M.” MCHJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi