Maktab direktori o‘quvchini urishi oqibatida bolaning quloq pardasi yirtildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Samarqand viloyatining Urgut tumanida maktab direktori o‘quvchining qulog‘iga urgan. Oqibatda o‘quvchining quloq pardasi yirtilgan. Bu haqda “Bu kun” dasturida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, Urgut tumanidagi maktablarning birida o‘quvchilar o‘tirgan sinfxonada bolalar tomonidan paqildoq portlatilgan. Shundan so‘ng, maktab direktori kelib o‘quvchilardan birining qulog‘iga shapaloq tushirgan. 

“Mendan ayb o‘tmagan. Paqildoq portlagandan keyin direktor kelib, meni qulog‘imga shapaloq tushirdi . U meni urib tashadi, shantaj qilma dedi”, deydi jabrlangan o‘quvchi.

Jarohatlangan o‘quvchi shifoxonaga olib borilgan. 

“Quloq pardasi yirtilgan. Zarba yegan, parda teshilgan. Qon qoldiqlari qolgan”, deydi uni tekshirgan shifokor.

Shuningdek, o‘sha kuni sinfda bo‘lgan bolalar paqildoq maktab oshxonasidan sotib olinganini aytgan.

Jabrlangan bolaning otasi esa Ichki ishlar xodimlari holat bo‘yicha, hatto ariza ham olmaganini aytib, shikoyat qilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, xozirda holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

550

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing