Makron yana besh yilga qasamyod qildi

Olam

image

Bugun, 7 may kuni Parijdagi Yelisey saroyida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning navbatdagi prezidentlik muddati uchun inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "France24" xabar berdi.

Fransiya Konstitutsiyaviy Kengashi rahbari Loran Fabius tomonidan prezidentlik saylovlarining rasmiy natijalari va prezidentning yangi mandati tasdiqlanganidan so‘ng, saylovda g‘olib bo‘lgan Makron “Faxriy legion ordenining Buyuk magistri” deb e’lon qilindi va unga ordenning oltin zanjiri topshirildi.

Konstitutsiyaviy Kengash rahbari Fabiusning qayd etishicha, Makronning ikkinchi prezidentlik mandati 14 maydan boshlanadi.

“Menga bildirilgan ishonch uchun fransuz xalqidan qarzdorman. Har kuni ertalab shubha ostiga olinadigan bu “nozik” ishonch bizning erkinlik tuzumimizning poydevoridir. Vakolat muddatimning har bir yangi kuni menda faqat bitta ko‘rsatma bo‘ladi: xizmat qilish. Vatanimizga xizmat qilish, yurtdoshlarimizga xizmat qilish, farzandlarimiz va yoshlarimizga yashash uchun yaroqli sayyorani va yanada yashovchan va kuchli Fransiyani vasiyat qilishga qasamyod qilaman”, deydi o‘z nutqida ikkinchi bor qasamyod qilayotgan Makron.

Ma’lumot o‘rnida, Makron joriy yilning 24 aprel kuni Fransiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida 58,55 foiz ovoz olib, raqibi “Milliy birlashish” partiyasi yetakchisi Marin Le Penni (41,45 foiz) ortda qoldirib, g‘alaba qozongan.

 

Sardor Begalov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing