Makron Ukrainadagi sulhdan keyin Rossiya uchun kafolatlar berish kerakligini aytmoqda
Olam
−
21 dekabr 2022
7002Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukrainadagi harbiy to‘qnashuvlar tugagandan so‘ng Rossiyaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish zarurligi haqidagi pozitsiyaga sodiq qoladi va Ukraina rasmiylarining bu boradagi tanqidlarini rad etadi.
“Bizning rolimiz tinchlikka tayyorgarlik ko‘rishdir va u kelganda muzokaralar talab qilinadi. Barqaror tinchlik o‘rnatish uchun Rossiya mojaro tarafi sifatida muzokaralar stolida bo‘lishi kerak”, deydi kecha, 20 dekabr kuni LCI va TF1 telekanallari bilan suhbatda.
Makronning ta’kidlashicha, Ukraina uchun, o‘z navbatida, Fransiya allaqachon uni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash orqali xavfsizlik kafolatlarini taqdim etmoqda. Shu bilan birga, Prezident Parijning Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishiga qaramay, u yana keskinlashuv va Fransiyaning taraflardan biri sifatida mojaroga qo‘shilishiga qat’iyan qarshi ekanini ta’kidladi.
"Bunday mavzuda gapirganim uchun meni qoralagan har bir kishi menga nimani taklif qilayotganini tushuntirsin. Buning ustida ishlashdan bosh tortgan odamlar keng ko‘lamli urushni taklif qilmoqdalar. Bu butun qit’aga ta’sir qiladi”, deya ogohlantirdi u va bunga ochiqchasiga qarshi ekanligini qo‘shimcha qildi Makron.
Shu tariqa, Prezident Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Aleksey Danilov va Makronning Rossiyaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish zarurligi haqidagi tezislariga qo‘shilmagan ayrim yevropalik siyosatchilarning o‘ziga qarshi ommaviy hujumlariga izoh berdi. Avvalroq u AQSHga tashrifi yakunlari bo‘yicha TF1 telekanaliga bergan intervyusida bo‘lajak Yevropa xavfsizlik arxitekturasi Rossiya uchun kafolatlar berishi kerakligini aytgan edi.
LiveBarchasi