Makron Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlariga oid tafsilotlarni ochiqladi

Olam

image
Zelenskiy Rossiyaga yer bermadi, biroq Tramp mamnun. Bu nimani anglatadi? north_east

Zelenskiy Rossiyaga yer bermadi, biroq Tramp mamnun. Bu nimani anglatadi?

Yevropa Ittifoqi va Vashington Ukraina uchun kelajakdagi xavfsizlik kafolatlari Ukraina armiyasini qo‘llab-quvvatlash, dengiz, havo va quruqlikdagi xavfsizlik kuchlarini yaratishni o‘z ichiga olishi kerak, degan fikrga keldi. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Vashingtondagi sammit yakunlari bo‘yicha bayonot berdi.

“Bugun tushdan keyin men ushbu xavfsizlik kafolatlarining mazmuniga qaytishga muvaffaq bo‘ldim, xususan: har qanday hujumga urinishlarni qaytarishga va uni to‘xtatishga qodir, shuning uchun soni, jangovar qobiliyati, qurollari va boshqalar bo‘yicha hech qanday cheklovlarga ega bo‘lmagan ishonchli Ukraina armiyasi. Bundan tashqari, dengizda, havoda va quruqlikdagi xavfsizlik kuchlari ham bor, ittifoqchilar ularni Ukrainaga berishga tayyor va shuning uchun bu o‘ziga xos, ishonchli va bardoshli narsalar. Bu bugun kelishilgan birinchi masala bo‘lib, allaqachon boshlangan va ertaga boshlanadigan jarayonga diplomatik maslahatchilarimiz, xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilarimiz, bosh shtab boshliqlari va qurolli kuchlarimiz rahbarlik qiladi”, dedi u.

“Bloomberg” manbalari xavfsizlik kafolatlari doirasida ittifoqchilar Ukraina armiyasini kuchaytirishni va kelajakda tinchlik kelishuvida uning sonini cheklashdan qochishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, xavfsizlik kafolatlari paketi harbiy harakatlar tugagandan so‘ng Ukrainaga “to‘xtatuvchi kuchlar” yuborishni taklif qilgan Fransiya va Buyuk Britaniya boshchiligidagi Yevropa davlatlari guruhi “ko‘ngillilar koalitsiyasi” ishiga asoslanadi.

“The Wall Street Journal” manbalariga tayanib xabar berishicha, Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhga AQSH Davlat kotibi Marko Rubio boshchilik qiladi. Manbalarga ko‘ra, AQSH muhokamalarda “muvofiqlashtiruvchi” rol o‘ynaydi.

18 avgust kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Vashingtonda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Donald Tramp uchrashuvni ochar ekan, hozir Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “oqilona imkoniyat” borligini aytdi. U, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar bo‘lajak kelishuv doirasida Ukrainani “juda jiddiy himoya” bilan ta’minlash niyatida ekanini aytdi. Keyin Yevropa yetakchilari bilan kengaytirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Emmanuel' Makron xavfsizlik kafolatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing