Makron, Shols va Dragi Kiyevga keldi

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Kiyevga yetib keldi. DPA agentligi xabar bermoqda. 

Uch mamlakat rahbarlari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bir qator muhim masalalarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan e’lon qilinmagan sayohat Yevropa Komissiyasi Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomi bo‘yicha tavsiyanoma berishidan bir kun oldin bo‘lib o‘tadi.

Safardan asosiy maqsad Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni ko‘rsatishdir. 

Shuningdek, ikkinchi maqsad Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga, hattoki har doim ham milliy manfaatlarga to‘g‘ri kelavermasligidan kelib chiqadigan turli nyuanslarga qaramay, Yevropa Ittifoqi maqsadlari birligi shubhasiz emasligi haqidagi signal berishdir.

Uchinchi maqsad Italiya, Fransiya va Germaniya o‘z ittifoqchilariga, birinchi navbatda AQSHga Ittifoqning o‘z strategik muxtoriyatiga ega ekanligini va Yevropani yanada kengroq integratsiya sari yetaklashga tayyor ta’sis yadrosiga ega ekanligini ko‘rsatmoqchi.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

231

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing