Makron Rim papasidan Putinga ta’sir o‘tkazishni so‘radi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Rim papasi Fransiskdan Ukraina inqirozining yakunini yaqinlashtirish uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Patriarx Kirillga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi. Bu haqda bugun, 25 oktyabr kuni “Le Point” jurnali xabar berdi.

Nashrning ta’kidlashicha, kecha, 24 oktyabr kuni “55 daqiqalik suhbat davomida Makron pontifikdan Prezident Putin, patriarx Kirill, shuningdek, AQSH Prezidenti Jo Baydenga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi”. Jurnalga ko‘ra, Makron Fransiskni “Ukrainada tinchlik o‘rnatishga” undagan.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, Fransisk Baydenni Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishga, shuningdek, Gaitidagi inqirozni hal qilishga chaqirishi mumkin, deya ta’kidlaydi “Le Point”.

Rim papasi Fransisk Makronni 24 oktyabr kuni qabul qildi. Bu Fransiya rahbarining pontifik bilan uchinchi uchrashuvidir. Ular sovg‘alar almashishdi. Xususan, Rim-katolik cherkovi rahbari Makronga papalik hujjatlari va avliyo Pyotr tasviri tushirilgan bronza medalini topshirdi. Qayd etilishicha, Fransiya Prezidenti pontifikga nemis faylasufi Immanuyel Kantning “Abadiy tinchlik sari” asarining nodir nashrini sovg‘a qilgan.

Makron shuningdek, Vatikan davlat kotibi kardinal Petro Parolin va davlatlar bilan aloqalar bo‘yicha kotib arxiyepiskop Pol Richard Gallager bilan ham uchrashdi, deyiladi Muqaddas Taxtning dushanba kuni e’lon qilingan bayonotida.

Avvalroq Rimda Fransiya Prezidenti Italiyaning yangi Bosh vaziri Jorj Meloni bilan uchrashgan edi. Yakshanba kuni Fransiya rahbari Avliyo Egidiy katolik jamoati tomonidan tashkil etilgan “Dunyoga chaqiriq” xalqaro forumida nutq so‘zladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing