Makron Mirziyoyevni kutib oldi
Jamiyat
−
12 mart 6218 1 daqiqa
Bugun, 12 mart kuni Parijdagi Faxriylar uyida Fransiya Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron kutib olgan.



Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Fransiya Respublika gvardiyasi, quruqlik qo‘shinlari, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari xizmatchilaridan iborat faxriy qorovul saf tortgan.
“Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Gvardiyachilar davlat rahbari oldidan tantanali yurib o‘tdi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston rahbari otliq gvardiyachilar va mototsiklchilar hamrohligida oliy darajada muzokara o‘tkazish uchun Fransiya Prezidentining qarorgohi - Yelisey saroyiga yo‘l olgan.





Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Parij shahriga borgani xabar qilingandi. Samolyot oldida O‘zbekiston yetakchisini Fransiya milliy ta’lim, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri, sobiq bosh vazir Elizabet Born, Parij harbiy okrugi qo‘mondoni general Loik Mizon va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan. Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 12 mart kuniga mo‘ljallangan.
Live
Barchasi