Makron Isroilga qurol yetkazishni to‘xtatishga chaqirdi
Olam
−
05 Oktyabr 2024 7383 1 daqiqa
G‘azo sektoridagi mojaroda qo‘llanilayotgan qurollarni yetkazib berish to‘xtatilishi, bu vaziyatga diplomatik yechim topish yo‘lidagi harakatlarning bir qismi bo‘lishi kerak. Bu haqda bugun, 5 oktyabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron “France Inter” radiosidagi chiqishida so‘z ochdi.
“Bugungi kundagi asosiy vazifa – siyosiy yechimga erishish va G‘azo mojarosida qo‘llanilayotgan qurollar yetkazib berilishini to‘xtatish. Fransiya bu qurollarni yetkazib bermayapti”, dedi Makron.
U Livandagi vaziyatga ham to‘xtaldi va hozirgi asosiy maqsad keskinlik kengayishining oldini olish va Livan xalqining qurbon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik ekanini ta’kidladi.
“Livan ikkinchi G‘azo bo‘lishi mumkin emas", deydi u.
Fransiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, mamlakat Isroilga “katta” qurol yetkazib beruvchi hisoblanmaydi. O‘tgan yili mamlakat yahudiy davlatiga ”atigi” 30 million yevro qiymatdagi harbiy qurol-aslahalar yetkazib bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron AQSHni Isroilni Livan bo‘yicha o‘zlari ishtirokidagi 21 kunlik sulh rejasini qabul qilishga majburlashga chaqirib, bu bosqin katta xato bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr