Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutiga rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Umid Obidxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi xabar berdi.

Tayinlovga qadar Umid Obidxo‘jayev 2021 yilning may oyidan beri Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

U mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining Tashqi aloqalar va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, Yaponiyada Osiyo taraqqiyot banki institutining Infrastruktura investitsiyalari bo‘yicha ilmiy xodimi, Yaponiyadagi Keyo universitetida iqtisodiyot bo‘yicha ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan.

2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Infratuzilma loyihalarini tahlil qilish guruhi rahbari vazifasini vaqtincha bajarib, tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Umid Obidxo'jaev Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar