Makregorni mag‘lub etgach, Putin Habibga nima sovg‘a qildi?

Sport

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Habib Nurmuhammedovni irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangda g‘alaba qozongani uchun 20 million dollar bilan taqdirlagan. Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt  YouTube'dagi “Games With Names” kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

”U jangdan keyin hali kiyinish xonasiga qaytmagan va Vladimir Putin allaqachon u bilan telefonda gaplashayotgan edi. Putin unga va otasiga Rossiyada taxminan 20 million dollarlik ko‘chmas mulk berdi. Habib vataniga qaytgach, u yerda hamma narsa muhayyo qilingan edi: mashina, pul, sport zal, xullas xohlagan narsasi”, deydi Uayt .

Ma’lumot uchun, Nurmuhammedov o‘zining so‘nggi jangini 2020 yil oktyabr oyida o‘tkazgan, o‘shanda UFC 254 turnirida Jastin Getjini 2-raundda mag‘lub etgan edi. Jangdan so‘ng, rossiyalik aralash yakkakurashchi faoliyatini yakunlash qarorini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Konor Makgregor Habib Nurmuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing