MAKning Tbilisi-Toshkent reysi kechiktirildi
Jamiyat
−
19 iyul 2019
4125“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Tbilisi-Toshkent yo‘nalishidagi reysi kechiktirildi. Bu haqda MAK Matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 19 iyul kuni Tbilisi – Toshkent yo‘nalishidagi HY 746 reysining uchib ketishi kechikdi. Jadval bo‘yicha uchib ketish vaqti soat 11:40 dan 14:10 ga ko‘chirildi. Toshkentga uchib kelish vaqti – 17:40.
Qayd etilishicha, reysning kechikishi Tbilisi shahar aeroporti yo‘lakchasining vaqtincha yopilishi sababli yuz berdi.
Kutib oluvchilarga samolyotni Tbilisi shahridan uchib kelish vaqtini Toshkent aeroporti ma’lumotnomasidan quyidagi raqamlar orqali aniqlik kiritishi tavsiya etildi: 78-140-28-01, 78-140-28-02, 78-140-28-03, 78-140-28-04.
Ma’lumot uchun, MAK joriy yilning 16 iyulidan Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha doimiy reyslarni yo‘lga qo‘ydi.
LiveBarchasi