Maxsuslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi “Zangiota-2”ga ko‘chiriladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdashi Maxsuslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasida issiq suv ta’minotida yuzaga kelgan uzilishlar haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu shifoxona 2012 yilda tashkil etilganganligi bois tibbiyot muassasasining isitish tizimi butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan. Xususan, so‘nggi paytlarda suv quvurlari nosoz bo‘lib, bu holat shifoxonada davolanayotgan bemorlarni issiq suv bilan ta’minlashda turli muammolarni yuzaga keltirmoqda. Bundan tashqari, ba’zi xonalar ta’mirtalab ahvolda bo‘lib, davolash muolajalarini to‘liq amalga oshirishning imkoni yo‘q.

“Shu sababli Respublika sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar yakuniga ko‘ra, ushbu maxsuslashtirilgan tibbiyot muassasasi ish faoliyati to‘xtatildi”, deyiladi xabarda.

Bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish maqsadida mazkur shifoxona 2022 yilning 1 dekabridan vaqtincha Respublika maxsus 2-son Zangiota shifoxonasiga ko‘chiriladi. Endilikda faoliyati to‘xtatilgan ob’ektda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing