Maxsus test imtihonida boshqa fuqaro o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Koreyada shartnoma asosida mehnat faoliyatini tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar uchun o‘tkazilayotgan test imtihonida boshqa fuqaro o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Koreya Respublikasida shartnoma asosida ishlab kelib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar uchun Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan test imtihonida qoidalarni buzish holati aniqlangan.

Ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro M.F. o‘rniga boshqa shaxs kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolingan.

Shundan so‘ng, ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etilgan.

Ma’lum qilinishicha, test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin.

Migratsiya agentligi imtihon jarayonida barcha ishtirokchilarni tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing