Makgregor mag‘lubiyatdan so‘ng Habibga murojaat yo‘lladi

Sport

image

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor rossiyalik jangchi Habib Nurmuhamedovni yana bir jang o‘tkazishga taklif qildi. Bu haqda u Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 257 turniridan keyingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Turnirdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Konor Habibning Twitter’da qoldirgan tvitiga munosabat bildirdi, unda Nurmuhamedov Makgregorning sparring sheriklari o‘zgarishi sababli Puare bilan duelda yutqazganini aytib, irlandiyalik sportchining jamoasini “yosh bolalar” deb atagandi. Makgregorning so‘zlariga ko‘ra, u chempion bo‘lgan jamoasini o‘zgartirmagan, shuningdek, Habibni undan yashiringan, deb taxmin qilgan va Habibni ikkinchi jangga undagan.

Bundan tashqari, jang tugaganidan so‘ng, Makgregor darhol karerasini yakunlamoqchi emasligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, u 2021 yilni faol o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Makgregor va rossiyalik jangchi Habib Nurmuhamedov o‘rtasidagi jang 2018 yilning kuzida bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Nurmuhamedov Makgregor ustidan g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4365

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing