Makgregor dunyoga kimligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi

Sport

image

Mutlaq janglar bo‘yicha ikki vazn toifasida sobiq chempion, Aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor yarim o‘rta vaznga qaytmoqchi. Bu haqda Makgregor o‘zining Twitter'dagi sahifasida aytib o‘tgan. 

Makgregorning kelajakdagi rejalari orasida yana yarim o‘rta vaznga qaytish bor. Ammo 2021 yilda u yengil vazn toifasida jang o‘tkazishni xohlaydi.

"Bu yerda ajoyib bahslar va tugallanmagan ishlar bor. Men kim ekanligimni yana dunyoga namoyish qilaman. Bunga ishoning!", deb yozgan irlandiyalik.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 dekabrida Makgregor-Pore jangi o‘tkaziladi. 

Ular o‘rtasidagi ilk jang 2014 yilning 27 sentyabrida bo‘lib o‘tgan. Irlandiyalik nokaut evaziga raqibini mag‘lubiyatga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

makgregor

Baholaganlar

1360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar