Maqoladan so‘ng:  “Suntex prom” MCHJga mol-mulklarni qaytarish Oliy sudda ko‘rilmoqda

Tahlil

image

Joriy yilning 7 yanvar kuni QALAMPIR.UZ muxbiri Bahodir Ahmedovning “Auksiondan 3,5 mlrdga bino olgan tadbirkor ko‘chada qoldi. Mulk daxlsizligi qani?” nomli maqolasi e’lon qilingan edi. Unda sud, prokuratura organlari tomonidan yugur-yugurlar sabab tadbirkor yo‘q joydan 3,5 mlrd. so‘mga tushayotganligi bayon etilgan. 

 

Ushbu masala yuzasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ma’lumot berildi. Unda shunday deyiladi: 

“Max profit invest” MCHJ Toshkent shahar xo‘jalik sudining 2015 yil 2 iyundagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, bankrot deb topilgan.

Korxonani tugatish bilan bog‘liq jarayonda qarzdorning garovdagi mol-mulklari 3 307,7mln.so‘mga baholanib, ochiq auksion savdosiga chiqarilgan.
“Khorezm realtors group” MCHJ tomonidan 2015 yil 30 dekabrda o‘tkazilgan auksionda qarzdorning mulki 3 406,9 mln.so‘mga “Suntex prom” MCHJga sotilgan”, deyiladi mas’ul tashkilot munosabatida. 

Shuningdek, ushbu vaziyat yuzasidan nizo mazmuni va bugungi kundagi holat ham ochiqlangan. Mutasaddilarning xabar berishicha, ish ayni vaqtda Oliy sudda ko‘rib chiqilmoqda. 

“Max profit invest” MCHJ ta’sischilari Iqtisodiy sud tomonidan tayinlangan tugatish boshqaruvchisi Odil Adxamjonovning xarakatlaridan norozi bo‘lib, Yakkasaroy tuman prokuraturasiga murojaat qilishadi. Tuman prokuraturasi tomonidan Adxamjonovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining 2017 yil 7 iyundagi hukmiga asosan, Adxamjonov O‘zbekiston Respublikasi JKning 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, JKning 209-moddasi 2-qismi “a” bandi va JKning 45-moddalari bilan aybdor deb topiladi.

Taraflarning e’tirozlariga asosan mazkur holat sudning turli instansiyalarida ko‘rib chiqilib, Toshkent shahar sudining 2019 yil 29 avgustdagi ajrimiga ko‘ra O.Adxamjonovning ayblovidan “Max Profit Invest” MCHJni mol-mulkini sotish bilan bog‘liq ayblovlari chiqarib tashlanadi.

Endi mol-mulklarning sotilishi bo‘yicha tuzilgan shartnomaning bekor bo‘lishi sabablari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Adxamjonovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida mol-mulkni sotish bo‘yicha auksion savdosi noqonuniy o‘tkazilgan deb topilib, mol-mulklar qarzdor “Max profit invest” MCHJga qaytarilgan va sudning ajrimiga asosan ushbu korxona bankrotlik jarayonidan chiqarilgan.

Bugungi kunda tugatish boshqaruvchi Adxamjonovga nisbatan qo‘llanilgan ayblovlar be’kor qilingani bois, murojaatda keltirilgan mustaqil sotib oluvchi “Suntex prom” MCHJga mol-mulklarni qaytarib berish masalasi nazorat tartibida Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqilmoqda”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing