Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari belgilandi

Jamiyat

image

“Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qarorga muvofiq, Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari yangi tahrirda tasdiqlanib, O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining “Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Qoidalarda, jumladan quyidagilar belgilandi:
•    maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni tashkil qilish tartibi;
•    qattiq, suyuq, yirik gabaritli va qurilish chiqindilarini yuklash hamda tashish tartibi;
•    maishiy chiqindilarni poligonlarga (chiqindixonalarga) joylashtirish tartibi;
•    chiqindi tashishga ixtisoslashtirilgan transport vositalarining harakat yo‘nalishlarini belgilash tartibi;
•    ixtisoslashtirilgan transport vositasi va uning ekipajiga, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar.


Maqola muallifi

Teglar

Maishiy chiqindilar

Baholaganlar

88

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar