Magistraturaga kirishda 3 narsa bekor qilindi

Jamiyat

image

Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani haqida xabar bergan edik. 

O‘zgartirishlarga ko‘ra, magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:

•    magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbat;

•    “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha sinov;

•    O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha sinov.

Magistraturaga hujjat topshirganlarning TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball bo‘lganida ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi. Ilgari bu natijalar TOEFL bo‘yicha kamida 58 va IELTS bo‘yicha kamida 5 ball bo‘lishi kerak edi.

O‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish har yili 15 yanvardan 25 yanvargacha davom etadi. Ilgari 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori OTMga qabul Magistratura

Baholaganlar

564

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing