MAGATE Ukrainaning iltimosini yerda qoldirmoqchi emas

Olam

image

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) Zaporoje AESda doimiy missiya tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda agentlik rahbari Rafael Grossi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Reuters”.

“Bu men qilmoqchi bo‘lgan eng muhim ishlardan biri va men buni bajaraman”, deydi MAGATE rahbari missiyani stanSiyaga jo‘natishdan oldin. 

Uning ta’kidlashicha, missiya "olti oylik qizg‘in harakatlardan so‘ng nihoyat AESga bormoqda" va stansiyada "bir necha kun" o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

“Bizning oldimizda juda muhim vazifa turibdi – u yerdagi real vaziyatni baholash va uni barqarorlashtirishga yordam berish. Biz urush zonasiga, bosib olingan hududlarga ketyapmiz, bu nafaqat Rossiya Federatsiyasi, balki Ukrainadan ham aniq kafolatlarni talab qiladi. Biz kafolatlarni olishga muvaffaq bo‘ldik”, deya qo‘shimcha qilgan Grossi.

Aytish joizki, kecha, 30 avgust kuni MAGATE rahbari Rafael Grossi boshchiligidagi missiya Kiyevga yetib borgandi. Bugun, 31 avgust kuni ertalab esa MAGATE missiyasi karvoni Kiyevdan chiqib, Energodardagi ZAES tomon yo‘l oldi.

Ma’lumot o‘rnida, Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislitsa rasmiy Kiyev vakolatli Ukraina organlari atom inshooti ustidan to‘liq nazoratni tiklamaguncha, MAGATEni o‘z mutaxassislarining doimiy AESda bo‘lishini ko‘rib chiqishga chaqirgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya mart oyi boshida ZAESni egallab oldi, shundan keyin ukrainalik xodimlar stansiyada ishlashda davom etdi. 5 avgust kuni ukrain matbuoti ruslar ZAESga to‘rt marta o‘q uzgani haqida xabar berdi. So‘nggi kunlarda elektr stansiyasi muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda, bunda Rossiya va Ukraina bir-birini ayblamoqda. Rasmiy Moskvaga ko‘ra, Ukraina bo‘linmalari tomonidan Zaporoje atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishi yadroviy terrorizm akti va bu Chernobildan ham kattaroq falokatga olib kelishi mumkin.

Zaporoje Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bo‘lib, u Ukrainadagi barcha elektr energiyasining chorak qismini ishlab chiqaradi. Qariyb 6 ming megavatt quvvatga ega ushbu inshoot oltita energiya blokidan iborat. Hozirda atom elektr stansiyasi to‘liq quvvatining 70 foizida ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing